O‘zbekistonda 4—6-fevral kunlari havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.
Xabar berishlaricha, 2—4-fevral kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi, 3-fevral kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
3—4-fevral kunlari yomg‘irning qorga aylanishi ehtimoli bor. Ba’zi joylarda shamolning tezligi kuchayib, soniyasiga 18—23 metrni tashkil etishi mumkin.
“4—6-fevral kunlari havo harorati kechalari -12...-7 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari -5...0 daraja sovuqqacha keskin pasayishi kutilmoqda”, — deyiladi markaz axborotida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)