Apple kompaniyasi moliyaviy chorak mobaynida rekord darajada daromad qilganligini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
2016-yilning 31-dekabrida yakunlangan chorakning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, kompaniya 78,4 milliard dollar daromad qilgan.
Bayram choragi yakunlariga ko‘ra, Apple kompaniya tarixidagi eng yirik daromadni qo‘lga kiritganligini ma’lum qilishdan xursandmiz.U, shuningdek, kompaniya har qachongidan ham ko‘proq iPhone sotganligini qo‘shimcha qildi.Tim Kuk, Apple kompaniyasi rahbari
2015-yilning mazkur davrida kompaniya daromadi 75,9 milliard dollarni tashkil etgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)