Yaqindagina Toshkentning “Obod” futbol klubini qabul qilib olgan mutaxassis Rauf Inileyev jarrohlik stoliga yotishga majbur. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.
O‘z vaqtida O‘zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat borgan mutaxassis operatsiyani Moskva shahrida o‘tkazadi. Shu boisdan u Toshkentni tark etib, Rossiya poytaxtiga jo‘nab ketgan.
Sog‘ligini tiklab olsa, Rauf Talgatovich “Obod” futbol klubidagi faoliyatini davom ettiradi deb xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, Rauf Inileyevga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasining boshqa bir sobiq murabbiyi Vadim Abramov yuragini operatsiya qildirgan va u ham bunda Moskva shahri klinikalarini afzal bilgandi.
Izoh (0)