“Motor” nashri hajmi kichik bo‘lgan, ammo “ichi” baquvvat mashinalar haqida ma’lumot berib, ularning suratlarini bir sahifaga jamladi.
Mazkur “Qo‘ng‘iz” samolyot dvigateli yordamida harakatlanadi. Motor g‘ildiraklarni emas, avtomobilning orqa qismiga o‘rnatilgan parrakni aylantiradi. Mana shu konstruksiya propanda ishlaydi.
Cummins kompaniyasi tomonidan yaratilgan Mini aslida harakatlanmaydi. Platformadagi mashina 4 400 ot kuchiga teng kema motor bilan jihozlangan.
Ushbu Fiat 500 kapoti ostiga 580 ot kuchiga teng Lamborghini V12 dvigateli o‘rnatilgan.
Ferrari 355 va Citroën 2CV avtomobillarining turli qismlaridan yaratilgan qo‘lbola mashina.
Mazkur Ford T modeli ichida bir yo‘la ikkita, ha, ikkita V8 silindrli motor o‘rnatilgan.
Whatta Drag’ni xarid qilgan kishi uni “Izetta” asosidagi mashinaga aylantirdi. Avtomobil 730 ot kuchiga ega V8 Chevy motori bilan jihozlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)