Amerika—Islom munosabatlari bo‘yicha kengash 30-yanvar kuni matbuot konferensiyasi o‘tkazib, unda 20 dan ortiq kishi nomidan federal da’vo kiritish jarayoni boshlanishi haqida e’lon qiladi, deb yozadi “Kommersant”.
“Prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan farmoyish — ‘musulmonlar uchun taqiq’ masalasida e’tiroz bildiriladi”, — deyiladi tashkilot saytiga joylangan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti qochoqlarni qabul qilish dasturini 120 kunga to‘xtatuvchi farmoyishni imzoladi.
Shu tariqa prezident noqonuniy immigratsiya ko‘lamini cheklash va mamlakat milliy xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha dasturni bajarishga kirishdi.
Mavzuga doir: Nyu-Yorkda musulmonlarning AQShga kirishiga qo‘yilgan taqiqqa qarshi yana bir aksiya bo‘lib o‘tmoqda
Izoh (0)