Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sharafini himoya qilgan Erik Kantona 1995-yilning 25-yanvar kuni amalga oshirgan ishi bilan futbol tarixiga kirdi. “Kristal Pelas” muxlisi tomon berilgan zarba o‘sha mavsumning eng ko‘p muhokama qilingan mavzusiga aylandi va bu holat hozirgacha katta qiziqish bilan eslanadi.
“Kristal Pelas”ga qarshi o‘yinda bosh hakami Erik Kantonani maydondan chetlatdi. Shundoq ham jig‘ibiyron bo‘lib turgan fransuz muxlislar sektoridan yangrab qolgan ratsizm ruhidagi chinqiriqqa chidab tura olmadi va “burgutlar”ning Mettyu Simons ismli muxlisiga kung-fu uslubida zarba berdi.
Kantona katta jarima to‘lashiga to‘g‘ri keldi. Bu uni ko‘p ham qiynamasligi mumkin edi. Biroq shu ishi sabab futboldan 9 oyga chetlatilganini u bir umr unuta olmaydi.
Izoh (0)