Fransiyaning “PSJ” futbol klubi mamlakat Liga kubogining finalida to‘p surish huquqini qo‘lga kiritdi. Yarim final uchrashuvini Bordoda o‘tkazgan Unai Emeri jamoasi yirik — 4:1 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvda Anhel Di Mariya va Edinson Kavani 2 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Bordo” tomonidan urilgan 1 ta golga ham Janubiy Amerika futbolchisi — urugvaylik Diyego Rolan mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Fransiya chempionatining ortda qolgan 21-turidan keyin “PSJ” peshqadam “Monako”dan 3 ochko ortda qolayotgani holda 3-o‘rinni egallab turibdi. “Bordo” esa 9-o‘rindan joy olgan. Tomonlarning chempionat doirasida Parijda bo‘lib o‘tgan o‘yini ham “PSJ”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi — 2:0.
Bugun — 25-yanvar kuni yarim finalning ikkinchi to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Fransiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Monako” o‘z uyida 12-o‘rinni egallab turgan “Nansi”ni qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, bunga qadar “Sevilya”da faoliyat olib borgan va yangi mavsumdan etiboran Parijga ko‘chib o‘tgan Unai Emeri “PSJ” bilan birinchi sovrinini debyut o‘yinidayoq qo‘lga kiritib, Fransiya Superkubogida “Lion” ustidan 4:1 hisobida zafar quchgandi.
Fransiya Liga kubogi Yarim final 24-yanvar, seshanba
“Bordo” — “PSJ” 1:4
Gollar: Anhel Di Mariya, 19 (0:1). Diyego Rolan, 32 (1:1). Edinson Kavani, 60 (1:2). Edinson Kavani, 74 (1:3). Anhel Di Mariya, 81 (1:4).25-yanvar, chorshanba“Monako” — “Nansi”
Izoh (0)