Singapur davlat investitsiya fondi (Government Investment Corporation, GIC) AQShning Paramount Group investitsiya-trast fondi bilan hamkorlikda Nyu-Yorkda, Uoll-stritda joylashgan osmono‘par binolardan birini xarid qildi. Kelishuv bitimi 1,04 milliard dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
Singapur fondi maydoni 148 ming kvadrat metrdan oshiq 47 qavatli bino aksiyalarining 95 foiziga egalik qiladi. Hozirda bu yerda Deutsche Bank’ning Amerikadagi shtab-kvartirasi joylashgan. Germaniya banki yaqinda binodagi barcha xonalar ijarasini 2022-yilgacha uzaytirgandi.
Ma’lumot uchun, GIC dunyoning eng yirik suveren fondlari o‘nligiga kiradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)