2015-yilgi mavsumdan keyin Toshkentning “Lokomotiv” klubidan iste’foga chiqarilgan Vadim Abramov faoliyatini “Buxoro” jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sports.uz” xabar berdi.
Mutaxassis “temiryo‘lchilar” safini tark etgach, ishsiz yurgandi. U orada Moskvaga borib, operatsiyani boshdan o‘tkazdi va sog‘ligini tiklab olishga harakat qildi. Aniqlanishicha, ayni paytda Abramov Buxoroda bo‘lib turibdi. Nashr uning viloyat bosh jamoasi bilan muzokara o‘tkazayotganini taxmin qilgan.
Ma’lumot uchun, Oliy liganing 2016-yilgi mavsumini 4-o‘rinda yakunlagan “Buxoro” kuni kecha bosh murabbiy Jamshid Saidov va uning maslahatchisi Tachmurod Agamurodovni iste’foga chiqargandi.
Izoh (0)