Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 25-yanvar, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da respublika telekanallari orqali maxsus murojaat bilan chiqish qiladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Respublika telekanallari efirida davlat rahbarining maxsus murojaati kutilmoqda”, — deyiladi prezidentning rasmiy saytida joylashtirilgan xabarda.
Murojaat sababi va mavzusi ma’lum qilinmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)