Italiyada Rigopiano mehmonxonasi qor ko‘chkisi ostida qolishi qurbonlari soni 24 kishiga yetdi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Avvalroq tabiiy ofat tufayli 18 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.
La Republicca nashriga ko‘ra, yana 5 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Mahalliy rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanayotganini bildirdi.
Qutqaruvchilar mehmonxonaga yetib borish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni amalga oshirdi. Biz favqulodda qorbo‘ronlarga to‘qnash kelgan avariya-qutqaruv xizmatlari bilan faxrlanamiz. Ularning vakillaridan ikki nafari buning uchun hayotini ham ayamadi.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Paolo Jentiloni, Italiya bosh vaziri
Izoh (0)