“Buxoro” klubi murabbiylar shtabida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Championat.asia”. Unga ko‘ra, bosh murabbiy Jamshid Saidov va maslahatchi mutaxassis Tachmurod Agamurodov o‘z vazifasidan ozod etildi.
Nashrning qayd etishicha, bir qator buxorolik muxlislar 2016-yildagi natijalar va yorqin o‘yinlar sabab iste’foga chiqqan mutaxassislarga minnatdorchilik maktublari bitgan.
Murabbiylarning nima sababdan ishdan olingani ma’lum qilinmagan. “Buxoro” futbol klubi 2016-yilgi mavsumni 4-o‘rinda yakunlab, mamlakatning eng ko‘p karra chempioni “Paxtakor”ni ortda qoldirgandi. O‘zbekiston kubogida esa yarim finalga qadar yetib borgandi. Bu natijalar buxorolik futbol muxlislarini stadionga qaytarib, jamoa yil yakunlariga ko‘ra ishqiboz to‘plash borasida O‘zbekistonda eng yaxshi natijani qayd etgandi.
Izoh (0)