Berlinda oziq-ovqat sanoati, bog‘dorchilik, qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga bag‘ishlangan IGW Berlin — “Yashil haftalik—2017” 82-Xalqaro savdo ko‘rgamasi bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “O‘zagroeksport” AJ.
Ko‘rgazmada 60 mamlakatdan 1800 dan ziyod kompaniyalar vakillari qatnashmoqda, 380 mingga yaqin kishi tashrif buyurishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning oziq-ovqat salohiyati mamlakat milliy stendi orqali taqdim etilmoqda.
Ko‘rgazmaning birinchi kuni doirasida bir qator xorijiy kompaniyalar, shu jumladan, Same Deutz-Fahr (Germaniya), Euro Asia (Germaniya), Abgeordnetenhaus (Germaniya), GlobusMax (Polsha), Better International Trade (Buyuk Britaniya), Urumqi Tongyale International Trade (Xitoy), Go Nuts & Fruits F.Z.E (BAA), Florry Business LP (Buyuk Britaniya) vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, ular O‘zbekistondan yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini sotib olishga qiziqish bildirdi.
Olib borilgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra, yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavotlarni yetkazib berish bo‘yicha 10,17 million dollarlik eksport shartnomalari tuzildi.
Izoh (0)