Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi joylandi. U kapital qurilishdagi ishlarning holatini yaxshilash bo‘yicha choralarni ko‘zda tutadi, deb yozadi Norma.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Prezidentning “Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay sharoitlarni yaratish to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Hujjatga muvofiq, loyihalash va qurilish tashkilotlariga ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi qurilish texnologiyalarini joriy etish uchun soliq va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi.

Bundan tashqari, mahalliy loyihalash va qurilish tashkilotlarini tashqi bozorga chiqarish, loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlashni yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Qonunchilikka o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish orqali qurilish sohasidagi kichik tadbirkorlik subyektlarida ishchilarning eng ko‘p soni 50 kishidan 200 kishigacha ko‘paytiriladi.

Nashr eslatishicha, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi, qo‘shimcha qo‘shilishi yoki u rad etilishi ham mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi