Italiya markazidagi Abrutsso viloyatida joylashgan Gran-Sasso tog‘li massivida qor ko‘chkisi ostida qolib, qisman vayron bo‘lgan Rigopiano di Farindola mehmonxonasida qorli qopqonda qolib ketgan odamlarni qidirish operatsiyasi davom etmoqda, deb yozadi “RBK”.
Vertolyotlarda yetib kelgan qutqaruvchilar bir necha metrli qor qatlami ostida qolgan binoning bir qismini qazib ochishga, shuningdek, inshootni qisman ko‘zdan kechirib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bir necha kishi tirik holda topildi, 20 dan ziyod kishi hamon bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanilmoqda.