Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri “Pxenyan va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar eng quyi darajaga tushib qolishi”ga sababchi bo‘ldi. Bu haqda KXDR tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qildi. Kerri Davos iqtisodiy forumida Shimoliy Koreyaga nisbatan salbiy fikrlar bildirgandi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

KXDR tashqi ishlar vazirligi Kerri “AQShning THAAD raketa komplekslari Janubiy Koreyada joylashtirilishi Shimoliy Koreya yadro quroli va uning beqaror, o‘zini tiyib turolmaydigan yetakchisiga qarshi turishga imkon berishi” haqidagi gaplari bilan “xalq respublikasining oliy rahbariyati sha’nini tahqirlagan” hisoblamoqda.

Shimoliy Koreya tashqi siyosiy mahkamasi bu so‘zlarni “Sharqda yadro davlatiga aylanishning uddasidan chiqqan xalq respublikasi muvaffaqiyatlaridan tushkunlikka tushgan omadsiz shaxsning safsatasi”, deb baholadi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak