Buyuk Britaniya parlamentining transport bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Rob Flello velosipedchilarni atrof-muhitni ifloslantirishda aybladi, deb yozadi TJournal.
Siyosatchining so‘zlariga qaraganda, shaharlarda velosipedchilar uchun ajratilgan yo‘lakchalar tufayli tirbandliklar yuzaga keladi. Bu esa atmosferaga zararli chiqitlarning ko‘proq chiqishiga olib keladi.
Leyboristik partiya vakilining ma’lum qilishicha, kishilar tomonidan velosipedlardan ommaviy foydalanilishi nafaqat atrof-muhitga yordam bermaydi, balki unga ko‘proq zarar keltiradi.
Siyosatchining ta’kidlashicha, tirbandlikda turib qolgan avtomobillar harakatlanayotgan avtomobildan ko‘proq zararli moddalarni atmosferaga chiqaradi.
Uning bayonotini mamlakatning veloharakat vakillari tanqid qildi. Cycling UK xayriya tashkiloti yetakchisining so‘zlariga qaraganda, veloyo‘laklar tirbandliklarga olib kelmaydi, aksincha yo‘ldan samarali foydalanish imkonini beradi.
Tashkilot rahbari Rojer Geffenning so‘zlariga qaraganda, trassada velosipedlar uchun ajratilgan yo‘lak ikki mingta avtomobil yoki 14 mingta velosipedni o‘tkazishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)