Milliarder Jorj Sorosning fikricha, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp siyosati sekin-asta diktaturaga aylanib ketishi mumkin. Bu haqda u Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumi chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.
“Men uni (Trampni) yolg‘onchi va qallob sifatida ta’riflagan bo‘lardim. Agar suvdan quruq chiqa olsa, u diktatorga aylanishi mumkin”, — dedi Soros.
Milliarderning uqtirishicha, Tramp ochiq jamiyatga zid keluvchi boshqaruv shaklini taklif etmoqda. Bundan tashqari, Trampning g‘oyalari bir-biriga zid keladi.
“Aslida buni diktatura yoki mafiya davlati sifatida ta’riflash to‘g‘riroqdir”, — xulosa qildi Soros.
Izoh (0)