Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya kubogi yarim finali uchun birinchi qadamni tashladi. Chorak finalning dastlabki uchrashuvini San-Sebastyanda o‘tkazgan Luis Enrike jamoasi minimal hisobda zafar quchdi.
Uchrashuvda hisob 21-daqiqaga kelib Neymarning goli bilan ochildi va bu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi. Belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan braziliyalik futbolchi, “Barselona”ning 2007-yildan buyon davom etib kelayotgan qora an’anasiga yakun yasab berdi.
“Barselona” 2007-yildan buyon “Real Sosyedad”ni safar o‘yinlarida mag‘lub eta olmasdi. Tomonlarning shu mavsum La liga doirasida bo‘lib o‘tgan o‘yinida ham 1:1 hisobi qayd etilgandi.
Madridning “Atletiko” klubi yarim final masalasini deyarli hal qildi. O‘z maydonida “Eybar”ni qabul qilgan Diyego Simeone jamoasi 3:0 hisobida zafar quchdi. Bir kun muqaddam Madridning boshqa bir klubi “Real” o‘z maydorida “Selta”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Ispaniya kubogi 1/4 final 19-yanvar, payshanba
Izoh (0)