9-yanvar kuni kechqurun Bxont qishlog‘ida yashovchi 23 yoshli Kaminini dard tutdi. U yashaydigan hududda kuchli qor yog‘ayotganligi tez yordam jamoasining qishloqqa yetib kelishini muammoga aylantirdi, deb yozadi TJournal.
Qizga mahalliy politsiyachilar yordam berishga qaror qildi. Ular adyol bilan yopilgan zambil keltirib, beshovlon Kaminini o‘n kilometr masofada joylashgan shifoxonaga yetkazdi. Shifoxonada qizaloq dunyoga keldi.
Politsiyachilar zambilni yelkasida ko‘tarib borgan butun yo‘l davomida ularga kuchli bo‘ron hamrohlik qildi.
Hindiston Twitter foydalanuvchilari huquq-tartibot xodimlari harakatlarini ijobiy baholab, izohlar qoldirmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)