Yaponiyada yanvar oyi o‘rtasida tezyurar poyezdlar va o‘nlab aviareyslarning ushlanib qolishiga sabab bo‘lgan kuchli qor yog‘ishi kuzatildi. Mamlakatning aksariyat hududlarini qalin qor qopladi.
Mamlakat aholisi qorbolalar yasashga kirishdi. Qorbolalarning yuzlab suratlari ijtimoiy tarmoqlarni to‘ldirdi, deb yozadi TJournal.
Qorbolalar mushukcha Kitti, “Muz yurak”dagi Olaf, “Qahramonlar shahri”dan Beymaks, Snupi, Xayao Miyadzaki multfilmlaridagi qahramonlarni eslatadi.
Yaponiyadagi ommabop qishki trendlardan yana biri — tabiiy kattalikdagi haqiqiy hayvonlarni qordan yasash.
Ko‘plab ovqatlanish muasassalari ham o‘z menyusiga qishki mavzuni kiritib, taomlarni qorbola ko‘rinishidagi bezaklar bilan bezatmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)