Ikki kelinning qaynonasi, Muhammadrizgar ismli shiringina bolakayning buvijonisi bo‘lgan rejissor Zebo Navro‘zova qaynona-kelin munosabatlari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Sug‘diyona” gazetasiga tayanib, “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Har bir ona, kezi kelganda farzandini-da sinab turadi. Kelinlar ham o‘z bolamiz. Shuning uchun imtihonimizdan o‘tishga majbur. Axir, o‘rgatganlarimiz qulog‘iga kirdimi, qo‘lidan keladimi yo‘qmi, bilib olishimiz kerak-ku. Masalan, o‘zim kelinlarimni ko‘p bora sinovdan o‘tkazganman.
Xonadonimizda bir qonun bor. Har qanday sharoit va kayfiyatda ham inson, albatta kulib turishi shart. Chunki ishdan charchab kelgan inson ana shu tabassumga qarab chalg‘iydi. Bu borada kelinim Xumoraxonni ham, Asalni ham har xil vaziyatlar bilan tekshirib ko‘rganman. Ikkalasi ham imtihondan a’lo baho bilan o‘tishganidan xursandman”, — deydi Zebo Navro‘zova.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)