Amerikalik Teylor Danovski Florida janubi-g‘arbida baliq ovlash davomida do‘sti tomondan olingan sakrayotgan akula videosini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda, deb yozadi TJournal.
To‘rt kishi Indian-Roks-Bich shahridan 11 kilometr masofada baliq ovlayotgan edi. Shunda Teylorning qarmog‘iga mako akulasi ilindi. Yirtqichni ko‘rgan baliqchilar baland ovozda baqirib, do‘stidan qarmoqni mahkam tutishni so‘radi.
Shundan so‘ng akula havoda baland sakray boshladi. Bu esa baliqchilarga katta zavq bag‘ishladi.
Akula baliqchilar qayig‘i oldida 45 daqiqaga yaqin suzib borganligi ta’kidlanmoqda. Shundan so‘ng u qarmoq ipini uzib, suzib ketgan.
“Akulaga xo‘rak juda yoqib qolgan shekilli. Bu men ko‘rgan hodisalar ichida eng g‘aroyibidir”, — deydi Danovskining do‘sti Kellen Keglor.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)