Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Xitoy futbol assotsiatsiyasining legioner futbolchilar soniga qo‘ygan cheklovini keskin tanqid ostiga oldi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Bunday qarorni mavsum oxirida qabul qilish kerak edi. Uningdek katta o‘zgarishga chempionat startiga bir oy qolganida qo‘l urilmaydi. Biz eski qoidalar bo‘yicha tarkib tuzib qo‘ydik. Endi esa hammasi o‘zgardi. Biz g‘aflatda qoldik.Portugaliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bunday revolyutsion qaror mahalliy futbolchilar saviyasini sun’iy ko‘tarish uchungina xizmat qiladi. Bu yo‘l bilan mamlakat futboli birdaniga oldinga qadam tashlamaydi.Andre Villash-Boash, “Shanxay SIPG” bosh murabbiyi
Xitoy futbol assotsiatsiyasi mahalliy yosh futbolchilarga asosiy urg‘u berilishi tarafdori bo‘lgani uchun ham shunday qarorga keldi, buni to‘g‘ri tushunaman. Biroq bu futbolchilarning narxi sun’iy oshishiga olib keladi. Yosh futbolchilar bunday narxlar sabab katta bosim ostida qoladi. Buni foydali deb o‘ylamayman.Ma’lumot uchun, Xitoy futbol assotsiatsiyasi 4-mart kuni start oladigan yangi mavsumdan e’tiboran mamlakat Super ligasida har bir klub maydonga uch nafar legionerni tushirishi mumkinligi haqida qaror qabul qilgandi. Ilgari bu ko‘rsatkich 4 tani tashkil qilgan.Andre Villash-Boash, “Shanxay SIPG” bosh murabbiyi
Bir qator murabbiylar qatorida Andre Villash-Boash ham eski qoidaga ko‘ra tarkib tuzdi va jamoadagi legionerlar sonini 5 nafarga yetkazdi: Elkesen, Xalk, Oskar, Rikardu Karvalyu va Odil Ahmedov.
Izoh (0)