Iroq maxsus kuchlari Mosul shahrining sharqiy qismi IShID jangarilaridan tozalanganini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qo‘shin qo‘mondoni, general Abdulg‘ani al-Asadiyning so‘zlariga qaraganda, hukumat qo‘shinlari Dajla daryosining chap qirg‘og‘idagi yerlarni o‘z nazoratiga oldi. Bu yerda Mosul shahrining sharqiy tumanlari joylashgan.
Bundan tashqari, shaharning sharqiy qismini qayta tiklash rejasi ishlab chiqilgani aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)