Ispaniyada yilda bir marta, 17-yanvar kuni itlar, mushuklar, otlar, og‘maxon va boshqa uy hayvonlari cherkov duosini olishi mumkin, deb yozadi TJournal.
Hayvonlar homiysi hisoblangan avliyo Antoniy kunida qoramollarni so‘yish taqiqlanadi, butun mamlakat bo‘ylab bosh qahramonlari uy hayvonlari bo‘lgan xalq sayillari o‘tkaziladi.
Shu kuni mamlakat aholisi cherkovlarga olib borgan sevimli uy hayvonlariga “muqaddas suv” sepiladi.
Bayram tantanasi olovli festivalni ham o‘z ichiga oladi. An’anaga muvofiq, otlar gulxan ustidan sakraydi va afsonaga ko‘ra, bu bilan o‘zini kasallik va shikastlanishlardan himoya qiladi. Sakrash oldidan ularning ustidan suv quyiladi.
Qadimiy bayram otlar podasining qirilib ketishiga sabab bo‘lgan katta epidemiya bilan bog‘liq. An’anaga ko‘ra, ushbu kunda ispanlar gulxan yoqadi, ular tutun hayvonlarni poklash va yovuz ruhlarni haydashga yordam beradi deb hisoblaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)