Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQShlik avtomobil egasi ikkita avtomobilini sotishdan olgan daromadi bo‘yicha soliqni 300 mingta tanga bilan to‘ladi. Tangalarning asosiy qismini bir sentlik tangalar tashkil qilgan. Bu haqda The Bristol Herald Courier’ga tayangan holda “Motor” xabar berdi.

Foto: The Bristol Herald Courier

Foto: The Bristol Herald Courier

Avtomobil egasi bo‘lgan Nik Staffordning so‘zlariga ko‘ra, u Virjiniya shtati Livan shahrining transport vositalarini ro‘yxatga olish xizmatiga noqulaylik tug‘dirish maqsadida soliqni tangalar bilan to‘lashga qaror qilgan. U umumiy og‘irligi 725 kilogramm bo‘lgan tangalarni muassasaga beshta aravada olib kelgan.

Staffordning aytishicha, o‘g‘li uchun sotib olingan yangi avtomobilni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha Livan transport vositalari xizmatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lovchi telefon raqamini topa olmagan. Uning qo‘ng‘irog‘ini umumiy chaqiruv markaziga yo‘naltirishgan, u sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Aniqlanishicha, Staffordga berilgan raqam fuqarolar bilan bog‘lanish uchun mo‘ljallanmagan va u yerda Staffordning savollariga javob berishdan bosh tortishgan. Shunga qaramasdan, bir nechta qo‘ng‘iroqlardan so‘ng u o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘lgan.

Shundan so‘ng, Stafford sud orqali shtatning to‘qqizta shahridagi transport vositalarini ro‘yxatga olish xizmatining raqamlarini bilib olgan. “Agar ular menga noqulayliklar tug‘dirsa, men ham ular uchun noqulayliklar yarataman”, — deb aytib o‘tgan u.

300 ming dollar soliqdan tashqari, Stafford sud ishlari uchun 1000 dollar, aravalar uchun 400 dollar, tangalarni bank tomonidan berilgan qog‘oz idishlardan olish uchun yordam bergan 11 kishiga 440 dollar to‘lagan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi