Eng ilg‘or texnologiyalar maishiy texnika boshqaruvini yengillashtiradi, oshxona esa butunboshli uyning “yuragiga” aylanadi.
LG Electronics (LG) Smart InstaView yangi muzlatgichini taqdim etdi. U Amazon kompaniyasining ovozlarni farqlovchi Alexa Voice Service servisi yordamida amalga oshirilgan bir qator funksiyalar bilan jihozlangan. Shuningdek, muzlatgichlarda LG WebOS dasturiy tizimi ham mavjud.
LG kompaniyasi CES® 2017 ko‘rgazmasida Door-in-Door muzlatgichining yangi modelini taqdim etdi. U 29 dyuymlik diagonalga ega sensorli SK-ekranga ega. InstaView funksiyasi esa ekranni juda tezlik bilan shaffof qilishi mumkin: unga muzlatgich ichiga eshikni ochmagan holda nazar solish uchun ikki bora chertib qo‘yish kifoya.
Endilikda iste’molchilar WebOS bilan WiFi funksiyalarini aynan muzlatgichda sinab ko‘rishi mumkin. Bunda muzlatgich eshigining oldingi panelida joylashtirilgan mahsulot ustidan yaxshilangan va kuchli nazorat o‘rnatish imkoni yaratiladi.
Amazon kompaniyasidan ovozlarni farqlay oluvchi Alexa Voice Service servisi esa intelluktal shaxsiy yordamchini vazifasini taqdim etadi. U nafaqat taomlar retsepti, balki musiqani ishga tushirishi, shuningdek, Prime maqomi bilan Amazon saytida oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalar joylashtirishi mumkin. U xaridlar ro‘yxati va boshqa ko‘plab vazifalarni bajarish imkoniga ega. Alexa servisi 6 mingdan ortiq funksiyalarni bajarib, aqlli uy tizimini boshqarishi mumkin. U avtomexanikni chaqirish, oshxona taymerlarini o‘rnatish, ob-havo haroratini tekshirish hamda bularni ovozli buyruqlar yordamida amalga oshirish imkoniga ega. Alexa servisi yordamida oshxonadagi odatiy ish — taomlar tayyorlash yoki kunlik rejalar tuzish — qiziqarli ishga aylanadi.
LG Smart InstaView muzlatgichi, Amazon kompaniyasi servislaridan tashqari, boshqa xususiyatlarga ham ega. U ishlatishdagi qulaylikni yanada oshiradi. Smart Tag menyusi muzlatgichda qanday mahsulotlar borligi haqidagi stiker va yorliqlarni qo‘shishi, shuningdek, har bir mahsulotning yaroqlilik muddatini kiritishi mumkin. Muzlatgich qaysi mahsulotning yaroqlilik muddati tugayotganini ogohlatirish imkoniga ega. Oila a’zolari esa bir-birlariga kichik xatlar qoldirib, ishlar ro‘yxatini tuzishi mumkin — ular muzlatgich ekranida paydo bo‘ladi. Muzlatgichda nima borligini masofadan turib tekshirish uchun unda 2,0 megapikselli keng burchakli obyektivga ega panoramali kamera o‘rnatilgan. U qurilmani ichidan turli burchaklarda suratga oladi, tasvirni esa smartfonda ko‘rish mumkin. Bu do‘konning o‘zidayoq qaysi mahsulotlarni xarid qilish kerakligini bilishga yordam beruvchi juda ham qulay funksiya.
“Biz Amazon kompaniyasi bilan hamkorlik tufayli aqlli muzlatgichlarimiz funksional imkoniyatlarini jiddiy kengaytirdik. Bu orqali esa mijozlarimizga taom tayyorlash jarayonidan, shuningdek, kechki ovqatdan mamnun bo‘lish imkonini yaratdik —ta’kidlab o‘tdi LG Home Appliance & Air Solutions kompaniyasi prezidenti janob Daxyun Song. — Bizning InstaView Door-in-Door aqlli muzlatgichimiz oshxonadagi barcha ishlarni bajarishda yanada qulaylik yaratadi”.
“Ko‘plab oilalarda oshxona uydagi eng gavjum joydir. Buning ustiga, aynan oshxonada qo‘llaringiz ko‘proq band bo‘ladi. Endilikda Alexa ovozli boshqarish servisini amalga tatbiq etib, kishilar hayotini yanada yengillashtirdik, — ta’kidlab o‘tdi Amazon Alexa kompaniyasi vitse-prezidenti Mayk Jorj. — Biz LG kabi innovatsion maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikda iste’molchilarga eng asosiy maishiy texnika qurilmalaridan birining modernizatsiyasi hayotlarini qanchalik yaxshilashini ko‘rsatib beramiz”.
LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasi haqida
LG Electronics Home Appliance&Air Solution kompaniyasi maishiy texnika, binolarda sun’iy havo hosil qilish va havo sifatini qo‘llab-quvvatlash tizimi sohasida dunyo yetakchisi sanaladi. Kompaniya muhim texnologiyalarda yetakchilik qiluvchi va uyga mo‘ljallangan kompleks yechimlar yaratadi. LG butun dunyodagi iste’molchilar hayotini o‘zining puxtalik bilan ishlab chiqilgan mahsulotlari, jumladan, muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, idish-tovoq yuvish mashinalari, oshxona texnikasi, changyutgichlar, o‘rnatiluvchi texnika, konditsionerlar, havo tozalash va uni quritish kabi qurilmalar bilan yanada yaxshilashga harakat qilmoqda. Bu mahsulotlarning barchasi kengaytirilgan qulaylik, ajoyib ish, katta iqtisod qilish imkoni va sog‘liqqa kerakli bo‘lgan foydani ta’minlaydi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun LG saytiga kirishingiz mumkin.Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)