Shaxmatni yorituvchi nashrlardan biri Miss Chess CIS tanlovini o‘tkazib, sayt o‘quvchilari o‘rtasida MDHning eng go‘zal shaxmatchisini aniqlashga qaror qildi.
Unda Qozog‘iston va Qirg‘izistondan ikki nafardan, shuningdek, O‘zbekiston, Ukraina, Ozarbayjon, Rossiya kabi mamlakatlardan bir nafardan grossmeysterlar eng go‘zal bo‘lish uchun kurash olib bordi. So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, qirg‘izistonlik Aleksandra Samaganova 2-o‘rinni egalladi, uning hamyurti Ayjan Alimbay qiziga esa 3-o‘rin nasib qildi, deb yozdi “Olamsport”.
Tanlovda eng ko‘p ovozni o‘zbekistonliklik Gulruhbegim Tohirjonova to‘pladi va MDHning eng go‘zal shaxmatchisi sifatida tan olindi. Qayd etish kerak, Tohirjonova bir yil muqaddam xalqaro grossmeysterga aylangandi. U o‘zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo‘minovaning singlisi hisoblanadi.
Izoh (0)