Xalqaro aviatsiya qo‘mitasi (XAQ) Qirg‘iziston hukumatining so‘roviga binoan mamlakatda ro‘y bergan aviahalokatni taftish qilish bo‘yicha komissiyani yo‘llaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Qirg‘iziston tomonining rasmiy so‘rovi qabul qilindi, XAQ komissiyasi shakllantirildi, u aviahalokatni taftish qiladi”, — dedi qo‘mita vakili Svetlana Kolesnikova.
Komissiya tarkibiga qo‘mitaning to‘rt eksperti kirdi.
Oxirgi ma’lumotga ko‘ra, halokat qurbonlarining soni 35 kishiga yetdi.
Izoh (0)