O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi. Bu haqda komissiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Markaziy saylov komissiyasi 2-To‘rtko‘l saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Bibisanem Temirxanovaning deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ma’lumot uchun, B.Temirxanova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi raisi etib tayinlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)