Afg‘onistonning sobiq prezidenti — Hamid Karzayning ukasi Hoshim Karzay 10-yanvar kuni Qandahor viloyatida amalga oshirilgan portlashda yaralangan edi. “TASS”ning Khaama Press’ga asoslanib bildirishicha, u olingan yaralar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Hoshim Karzay Hindistondagi shifoxonalardan birida davolanayotgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Qandahorda uyushtirilgan portlash qurbonlari soni 11 kishiga yetdi. Ularning besh nafari BAA diplomatlaridir. 16 nafar yarador orasida Qandahor voliysi hamda BAAning Afg‘onistondagi elchisi bor.
Izoh (0)