Qirg‘izistonning yetti fuqarosi Rossiyaning Saratov viloyatida minivenning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvida halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Penzadan kelayotgan miniven Petrovsk tumanida, Nijniy Novgorod–Saratov yo‘lidagi Tarumovka qishlog‘ida halokatga uchradi. Dastlab besh kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi, keyinchalik minivenning barcha yo‘lovchilari — yetti nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgani bildirildi.
Izoh (0)