O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Server Jeparov Tehronning “Istiqlol” klubi bilan shartnoma tuzdi. U tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar berdi O‘FF matbuot xizmati.
Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma 1,5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bu vaqt davomida Jeparov 500 ming dollar maosh oladi. U o‘zini ko‘rsatib, “Istiqlol” muvaffaqiyatlarga erisha olsa, bonus sifatida mukofot pullariga ham ega chiqadi.
“Istiqlol” Eron chempionatining so‘nggisini 3-o‘rinda yakunlagan bo‘lib, ayni paytda 5-o‘rinda bormoqda. Vaziyatni o‘nglash uchun klub Osiyoning 2008 va 2011-yildagi eng yaxshi futbolchisi bilan shartnoma tuzishga qaror qildi.
Jeparov 2016-yilgi mavsumni Toshkentning “Lokomotiv” klubida o‘tkazgan bo‘lib, 34 yoshida 34 ta o‘yin o‘tkazgan va 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Aynan uning tashrifidan keyin “temiryo‘lchilar” o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Jeparov karyerasi
“Navbahor” — 2000—2001“Paxtakor” — 2001—2007“Bunyodkor” — 2007—2010“Seul” (Janubiy Koreya) — 2010—2011“Ash-Shabab” (Saudiya) — 2011—2013“Seongnam” (Janubiy Koreya) — 2013—2014“Ulsan Xyundai” (Janubiy Koreya) — 2015“Lokomotiv” Toshkent — 2016Server Jeparov “Seul” klubi bilan Janubiy Koreya (2010) chempionligi va Kubogi (2010), “Ash-Shabab” bilan Saudiya Arabistoni chempionligini (2012) qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Toshkentning uch klubi — “Paxtakor” (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007), “Bunyodkor” (2008, 2009) va “Lokomotiv” (2016) safida O‘zbekiston chempioni bo‘lishga erishgan.
Izoh (0)