Meksikada noma’lum shaxslar Google Maps xaritasida prezident saroyi — Los Pinos nomini “Korrupsiyaning rasmiy uyi” (The Official Residence of Corruption) deya o‘zgartirib qo‘ydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Prezident saroyidan tashqari, kongress (“Achinarli kongress”, Deplorable Congress) va senat (“Kalamushlar palatasi”, Rat Chamber) binolari nomi ham o‘zgartirilgan.
Google kompaniyasida yuz bergan hodisa “chetdan aralashuv” deb baholandi va nomlar asl holatiga qaytarilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, bunday voqealar sodir etilishini minimum darajaga keltirishga harakat qilinayotgani, istalmagan o‘zgarishlar bilan kurashning yangi usullari tobora takomillashtirib borilayotgani bildirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)