AQShdagi Skripps instituti olimlari hujayralar qarishining bosh omilini aniqladi, deb yozadi EurekAlert!
Biologlar TZAP proteinini ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi. “Ushbu oqsil telomerlar — DNK uchlari uzunligining yuqori chegarasini belgilaydi, — dedi ilmiy ish hammuallifi Lazzerini Denchi. — Bu hujayralarga o‘ta ko‘p bo‘lmagan holda ko‘payish imkonini beradi”.
Yangi birikma so‘nggi o‘n yil ichidagi xromosomalarning telomerlar bilan bog‘liq uch qismlarini nazorat qiluvchi ikkinchi kashfiyot bo‘ldi. Birinchisi telomeraza fermenti va shelterin oqsil kompleksi bo‘lgan edi.
Izoh (0)