“Nihol” mukofoti sovrindori, xonanda Sayyorai Jahon 10-yanvar kuni turmushga chiqdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
Farg‘onalik bo‘lgan Sayyorai Jahon andijonlik yigitga turmushga chiqdi. To‘y marosimi Andijonda o‘tkazildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 15-yanvar kuni Toshkentdagi “Yakkasaroy” restoranida kelin-kuyovning Toshkentda yashovchi do‘stlari va yaqinlari uchun to‘y marosimi bo‘lib o‘tadi.
“Xonandaning turmush o‘rtog‘i tadbirkor. Ma’lum bo‘lishicha, to‘ydan so‘ng Sayyora san’atdagi faoliyatini yakunlaydi”, — deyiladi xabarda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)