Amerikalik kinorejissor Jorj Lukas Los-Anjelesda (Kaliforniya shtati) Narrativ san’at muzeyini yaratadi. Kinematografchi “Yulduzlar jangi” fantastik sagasini tasvirga olishda ta’sis etgan shaxsiy eksponatlar kolleksiyasini muzeyga hadya qiladi, deb yozadi The Los Angeles Times.
Lukas loyihaga milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratadi. Rejissor muzeyga hadya qiladigan eksponatlar orasida Dart Veyderning original niqobi va amerikalik rassom Norman Rokvellning ishlari bor.
Los-Anjeles meri Twitter’dagi sahifasida Narrativ san’at muzeyi minglab yangi ish o‘rnini yaratishini ma’lum qildi.
Rejissor muassasani dastlab Chikagoda qurishni rejalashtirgan edi. Biroq 2014-yilning noyabrida “Bog‘ do‘stlari” deb nomlangan faollar guruhi shaharda muzeyning qurilishiga qarshi chiqish qildi.
“Yulduzlar jangi” kinoepopeyasidagi malika Leya roli bilan tanilgan aktrisa Kerri Fisher vafot etdi
41 mln dollar — film tugamay, aktyor vafot etgani uchun kinostudiya olishi mumkin bo‘lgan eng katta sug‘urta to‘lovi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)