Futbol bo‘yicha Italiya kubogining 1/8 finalidan joy olgan uchta bellashuvga yakun yasaldi. Unga ko‘ra, Nepaolning “Napoli”, Turinning “Yuventus” va Florensiyaning “Fiorentina” klublari chorak final masalasini ijobiy hal qilishga muvaffaq bo‘ldi.
“Napoli” o‘z maydonida B seriya vakili hisoblangan “Spetsiya” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi. “Yuventus” ham 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi, biroq o‘z darvozasidan 2 ta gol ham o‘tkazib yubordi.
Uchta bellashuv orasidan g‘olibini aniqlash eng qiyini “Fiorentina” — “Kyevo” bo‘ldi. 92-daqiqaga kelib uchrashuvni boshqarib borgan hakam mehmonlar darvozasiga penalti qo‘yib berdi. Uni aniq amalga oshirgan Bernardeski florensiyalik futbolchilarni chorak final sari yetakladi.
1/8 finaldan joy olgan qolgan besh uchrashuv turli sanalarda o‘tkaziladi. Quyida ularning anonsi bilan tanishish mumkin.
Italiya kubogi 1/8 final 10-yanvar, seshanba
“Napoli” — “Spetsiya” 3:1
Gollar: Pyotr Zelinski, 3 (1:0). Pikkolo, 35 (1:1). Emmanuele Jakkerini, 55 (2:1). Manolo Gabbyadini, 57 (3:1).11-yanvar, chorshanba
“Yuventus” — “Atalanta” 3:2
Gollar: Paulo Dibala, 22 (1:0). Mario Mandjukich, 34 (2:0). Abdulay Konko, 72 (2:1). Miralem Pyanich, 75-pen (3:1). Latte Laf, 81 (3:2).“Fiorentina” — “Kyevo” 1:0
Gol: Federiko Bernardeski, 90+3-pen (1:0).12-yanvar, payshanba“Milan” — “Torino”
17-yanvar, seshanba“Inter” — “Bolonya”
18-yanvar, chorshanba“Latsio” — “Jenoa”“Sassuolo” — “Chezena”
19-yanvar, payshanba“Roma” — “Sampdoriya”
Izoh (0)