O‘zbekiston va Daniya futbol federatsiyalari 22-yanvar kuni o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida kelishib oldi, deb yozgan O‘FF matbuot xizmati. O‘zbekiston tomonidan mamlakat milliy terma jamoa maydonga tushsa, Daniyaning 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari unga qarshilik qiladi.
Bellashuv har ikki tomonning Amirliklardagi yig‘ini doirasida bo‘lib o‘tadi. Qayd etish kerak, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21—24-yanvar kunlari BAA mamlakatida yig‘in o‘tkazadi. Avvalroq Samvel Babayan jamoasi 22-yanvar kuni Gruziya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi xabar qilingandi.
BAAdagi yig‘in FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmagani bois, Samvel Babayan unga terma jamoa asosini tashkil qiluvchi legioner futbolchilarni jalb qila olmaydi. Terma jamoa 12-fevral kuni Turkiyada Armanistonga qarshi saf tortadi va o‘sha uchrashuvda ham asosiy tarkib futbolchilari jamoaga yordam bermaydi.
Izoh (0)