Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi bilan shartnoma imzolagan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov safari oldidan “Milliy” telekanalida mehmon bo‘lgan. Bu haqda “Tribuna.uz” nashri xabar berdi.
Suhbat davomida Odil Ahmedov tanqidni hatto u asosli bo‘lgan taqdirida ham ko‘tara olmasligini bildirgan.
Tanqidlarni umuman yoqtirmayman. Hattoki u to‘g‘ri tanqid bo‘lsa ham.Faqatgina ota-onamning tanqidini qabul qilishim mumkin. Boshqalarnikini esa hazm qila olmayman.
Odil Ahmedov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori
Avvalroq Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari tanqidlarga tayyor emasligi borasida fikr bildirgandi. Endi esa uning o‘zi ham tanqidni qabul qila olmasligi oydinlashdi.
Izoh (0)