Dayver Kerri Deniel dunyodagi eng xavfli yirtqichlardan biri — kulrang akulaning hujumi qurboniga aylanishiga bir bahya qoldi, deb yozadi TJournal.
Hodisa Avstraliyaning Shimoliy Kvinslend sohillarida yuz berdi. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, 35 yoshli erkak ilk bor yirtqich hujumiga duch kelgan.
Dayverning hikoya qilishicha, u 50 metrcha masofada bir nechta akulani ko‘rib qolgan va ulardan biri unga qarab suza boshlagan. O‘zini yo‘qotib qo‘ymagan Deniel yirtqichning og‘ziga garpunni uloqtirgan. Shundan so‘ng akula sekin-asta uzoqlashgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)