O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan 2017-yil 30-yanvarda “Oqsaroy” qarorgohi Islom Karimov muzeyi sifatida ishlay boshlaydi. Bu haqda “Daryo”ga hukumatga yaqin ishonchli manbalardan ma’lum bo‘ldi.
“Oqsaroy” qarorgohi Islom Karimov muzeyiga aylantirilishi haqida bir necha oy muqaddam xabarlar tarqalgan edi. Endilikda “Oqsaroy” tez kunlarda muzey sifatida ish boshlashi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)