Madridning “Real” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu The Best sovrinini qo‘lga kiritgach, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men uchun ovoz bergan murabbiylar, jamoa sardorlari va jurnalistlardan minnatdorman.Men FIFA sovrinini birinchi bor yutayotganim yo‘q. Biroq The Best sovriniga ilk bor ega chiqmoqdaman. Buning uchun birinchi navbatda “Real”dagi jamoadoshlarim va murabbiyga rahmat aytaman. Shuningdek, o‘z oilam va onamga, men uchun ishlagan barcha xodimlarga rahmat.
2016-yil karyeramdagi eng yaxshisi bo‘ldi. Menda qandaydir shubhalar bor edi, biroq qo‘lga kiritilgan yutuqlar barcha narsani hal qila oldi. Bu yilni hech qachon unutmayman. Men baxtliman.
Afsuski, “Barselona” futbolchilari bu yerda biz bilan birga bo‘la olishmadi. Biroq men ularni tushunaman.
Krishtianu Ronaldu, 2016-yilning eng yaxshi futbolchisi
Izoh (0)