Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Tailand janubidagi toshqinlar qurbonlari soni 19 kishiga yetdi, yana bir kishi daraksiz yo‘qolgan hisoblanmoqda. Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish departamenti ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Oldinroq tabiiy ofat tufayli 12 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.

Muassasa rahbari Chatchay Promlertga ko‘ra, surunkali yomg‘irlar tufayli janubiy Tailandning 10 provinsiyasidagi salkam 900 ming kishi yashaydigan 4 mingdan ortiq aholi punkti suv ostida qoldi. Jabrlangan chet el fuqarolari haqida xabar berilmadi.

Mamlakat meteorologiya departamenti janubdagi 13 mintaqa, jumladan, sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Pxuket, Pxangnga va Krabi provinsiyalari aholisini 10-yanvargacha shiddatli yog‘inlar va toshqin ehtimoli haqida ogohlantirdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi