Janubiy Koreya tergovchilari Samsung kompaniyasi rahbariyatining ikki vakilini korrupsiya ishi yuzasidan so‘roqqa tutdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mustaqil tergov qo‘mitasi vakillarining bildirishicha, prezident Pak Kin Xe davrasidagi shaxslar vakolatlarini suiiste’mol qilishi yuzasidan olib borilayotgan ish doirasida Samsung kompaniyasi rahbarlari ham so‘roq qilindi.
Tergovchilar bilan suhbatlashgan rahbar xodimlar kompaniya strategik rejalashtirish bo‘linmasi rahbari Chan Chjun Gi va uning o‘rinbosari Chxve Gi Son edi. Ular guvoh sifatida chaqirildi, ammo, ta’kidlanishicha, ularning maqomi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Izoh (0)