IShID terrorchi guruhining kamida 45 jangarisi Iroq va xalqaro aksilterror koalitsiyasi harbiy-havo kuchlarining Iroq shimolidagi Naynava viloyatida bergan aviazarbalari natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 25 terrorchi Mosulning bir qancha tumanlarida, yana 20 nafari esa Tall-Afar shahrida (Mosuldan 35 kilometr janubi-g‘arbda) o‘ldirildi.
Bundan tashqari, jangarilarga tegishli portlovchi uskunalar va minomyotlar yo‘q qilindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)