Angliya kubogining 1/16 finaliga yo‘l olish uchun “Manchester Yunayted” klubi “Riding” bilan to‘qnash keldi va raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi.
Uchrashuvda hisob Angliya milliy terma jamoasi sardori Ueyn Runi tomonidan ochildi. Bu uning “Manchester Yunayted” uchun urgan 249-goli bo‘ldi.
Faxrlanishga arzigulik holat. Ayniqsa sen “Manchester Yunayted” kabi klubda bunga erishsang.31 yoshni qarshi olgan Runi “qizil iblislar” safida 2004-yilgi mavsumdan buyon harakat qiladi. O‘tgan davr mobaynida “Everton” klubida faoliyatini boshlagan hujumchi “Yunayted” uchun 547 ta o‘yin o‘tkazib ulgurdi. Bu esa unga jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lish uchun yetarli bo‘ldi.Hozir nimalar bo‘layotganini anglolmayapman. Klub hayotimda muhim o‘rin tutadi. Endi esa Ser Bobbi Charlton bilan yonma-yon turishim — baxtning o‘zginasidir.
Oldimizda ikki uy uchrashuvi bor. Navbatdagi qadamni shulardan birida qo‘yishga harakat qilaman.
Ma’lumot uchun, Runiga yaqqol rekord sari yana 1 ta gol kerak. “MYu” safida 1954—1973-yilgi mavsumlarda to‘p surgan afsonaviy Bobbi Charlton ham Runi kabi 249 ta gol urgan. Buning uchun Charltonga 759 ta o‘yin kerak bo‘lgandi.
Ser Bobbi Charltonning bu xizmatlari unutilmagan. Mashhur “Old Trafford” stadionining janubiy sektoriga aynan uning nomi berilgan. Shimoliy sektor esa Ser Aleks Fergyuson nomi bilan yuritiladi. Hozirda g‘arb va sharq sektorlari nomsiz, vaqti kelib ulardan biri Ueyn Runi nomini olsa ajab emas.
“Manchester Yunayted” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 15-yanvar kuni APL 21-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘tkazadi.
Ishonamanki, Runi Charltonni ortda qoldiradigan golni “Liverpul”ga qarshi o‘yinda uradi.Bu ulkan xizmat. Ueyn “Yunayted” uchun aqlbovar qilmas futbolchi. Shuncha muvaffaqiyatlarga qaramasdan, u hali ham g‘alabaga chanqoq.
Pol Skoulz, “Yunayted” sobiq futbolchisi
“Yunayted”ning ishlari hozir chakki emas. Yaqindagina klub ketma-ket 13 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmay, Fergyuson davridan keyin yo‘qolib qolgan ketma-ketlikni qayta tiklagandi. Bu safar esa ketma-ket 8 uchrashuvda zafar quchib, 2009-yildan buyon kuzatilmayotgan holni takrorladi.
Sakkiz g‘alaba quyidagi o‘yinlarda qo‘lga kiritildi: “Zarya” 2:0, “Tottenhem” 1:0, “Kristal Pelas” 2:1, “Vest Bromvich” 2:0, “Sanderlend” 3:1, “Midlsbro” 2:1, “Vest Hem” 2:0, “Riding” 4:0.
Ko‘nglim to‘q. Jamoa o‘z ishiga professionat yondoshmoqda. “Riding”ga qarshi o‘yinda ko‘p hollarda boshlang‘ich tarkibdan tushib qolayotgan futbolchilarga e’tibor qaratdim. Ular jismonan baquvvat ekani ko‘rindi, mavsum davomida ularga ishonsa bo‘ladi.
Izoh (0)