Nokia kompaniyasi smartfonlar bozoriga qaytganidan so‘ng birinchi uskunani rasman taqdim etdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.
Android 7.0 dasturiy ta’minotida ishlaydigan smartfon hozircha faqat Xitoyda sotiladi.
Yangi Nokia 6 ning dizayni ixcham uslubda ishlangan. Ilgarigi Lumia’lar silliq qilib ishlangan bo‘lsa, yangi uskunaning ekrani qabariq 2,5D-oyna bilan qoplangan.
Yangi Nokia smartfonlarini bozorda ommalashtirish bilan shug‘ullanadigan HMD Global taqdim etilgan yangilikning asosiy texnik tavsiflarini oshkor etdi.
Texnik tavsif
Ekran: 5,5 dyuym, Full HDChipset: Qualcomm Snapdragon 430
Operativ xotira: 4 Gb
Doimiy xotira: 64 Gb
MicroSD kartalarini qo‘llab-quvvatlash: bor
Asosiy kamera: 16 Mp, f/2.0, fazali avtofokus
Frontal kamera: 8 Mp, f/2.0
Akkumulyator: 3000 mA/soat
LTE: bor
Akustika: Dolby Atmos
OS: Android 7.0
Korpus: alyuminiy
Izoh (0)