Ko‘proq MKBHD nomi bilan mashhur videobloger Markus Braunli FF91 elektromobilining prototiplaridan birida sayr qildi, deb yozadi TJournal.
Faraday Future’ning prototipi haydovchi ko‘magisiz parkovka qilish, orqa g‘ildiraklarining qayrilishi hisobiga bir qatordan ikkinchi qatorga tezlik bilan o‘tish va tezlikni 2,47 soniyada soatiga 100 kilometrgacha oshirish qobiliyatlarini namoyish etdi.
Faraday Future 2014-yilda paydo bo‘lgan Amerika startapidir. 2016-yilda CES konferensiyasida kompaniya o‘zining birinchi avtomobili FFZERO1 ni namoyish etgan edi, ammo FFZERO1 konseptligicha qoldi.
FF91 Faraday Future ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotgan ilk mashina bo‘lib, uni ba’zilar Tesla elektrokarining raqobatchisi deb atamoqda.
Biroq 4-yanvar kuni Las-Vegasdagi ko‘rgazmada FF91 o‘z taqdimoti vaqtida buyruqlarni bajarmay sharmanda qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)